
Promouter: "Biz Ahmadalievning Inouega qarshi jangiga tayyormiz"
Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasiga (55,3 kg) ko‘tarilgan 3 vaznda jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue (24-0, 21KO) navbatdagi jangini WBC va WBO chempioni Stiven Fultonga (21-0, 8KO) qarshi o‘tkazishi borasidagi rejalar oshkor qilingan edi. Ushbu vazn toifasida WBA va IBF chempionlik kamari hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievga (11-0, 8KO) tegishli bo‘lib turibdi.
Ahmadalievning promouteri, Matchroom kompaniyasi rahbari Eddi Hirn ular o‘rtasidagi potentsial janglar haqida fikr bildirdi.
"Ha albatta. Inoue 122 funtda mutlaq jahon chempioni bo‘lishni xohlaydi. Shuning uchun Fultonga, Ahmadalievga qarshi janglar o‘ta qiziqarli. Biz ham shu erdamiz. Ahmadalievning (Marlon) Tapalesga qarshi himoya jangi bor. Keyin esa biz Inoue bilan jangga tayyormiz. Men (menejer) Vadim bilan, Murodjon bilan bu borada gaplashdim. Ular ham shu yo‘lni xohlaydi. Biz Ahmadalievning Inouega qarshi jangiga hozir ham, yoki Fultondan keyin mutlaq chempionlik bahsiga ham tayyormiz", - deydi promouter Boxing Social media portaliga bergan intervyusida.
Fikrlar