PSJ 150 million evroga zo‘r hujumchi olyapti

  • 12.10.2022 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugungi kunda eng kuchli hujum uchligiga ega bo‘lgan PSJ yanada kuchayadigan bo‘ldi. Parijliklar oldingi chiziqda Lionel Messi, Neymar, Kilian Mbappe kabi futbolchilar to‘p tepayotganiga qaramay, “Milan”dan Rafael Leauni olib kelmoqchi.

Portugaliyalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun PSJ uning shartnomasida ko‘rsatilgan 150 million evro miqdordagi badal pulini to‘lamoqchi.

23 yoshli to‘purarga “Chelsi” ham jiddiy qiziqish bildirgan. Lekin parijliklar katta mablag‘ sarflab, barcha raqobatchilarni dog‘da qoldirishga tayyor.

Leau milanliklar safiga 2019 yili “Lill”dan 29,5 million evro evaziga transfer qilingan. Shu paytga qadar “Milan”da 126 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 31 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 28 ta golli pas uzatdi.

Rafaelning milanliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Klub u bilan yangi shartnoma tuzishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!