PSJ 2 nafar etakchi futbolchisidan ayrildi

  • 25.02.2020 09:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi o‘zining ikki nafar asosiy tarkib futbolchisidan ayrildi. Aniqrog‘i, himoyachi Tiago Silva va yarim himoyachi Ander Errera jarohat oldi

Klub rasmiy saytining xabar berishicha braziliyalik futbolchi 3 hafta, ispaniyalik futbolchi esa 1,5 - 2 oyga safdan chiqqan.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Silva joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 30 yoshli Errera esa 18 ta o‘yinda 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!