PSJ "Arsenal"ning Evrokuboklarga chiqolmasligini kutmoqda

  • 6 iyul, 2020, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Parijliklar “Borussiya”da to‘p surish uchun Dortmundga ketib qolgan Toma Mene o‘rniga kuchli himoyachiga ehtiyoj sezmoqda. Tomas Tuxel bu bo‘shliqni “Arsenal”da to‘p surayotgan Ektor Belerin bilan to‘ldirmoqchi.

 PSJ rahbariyati so‘nggi ikki mavsumda “Arsenal”ning asosiy tarkibidagi joyini boy berib qo‘yayotgan 25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda.

Tomonlar  transfer ishlarini mavsum yakunlangach boshlaydi. Agar “Arsenal” Evrokuboklarga yo‘llanma ola bilmasa, bir necha etakchi futbolchilari, xususan Belerindan ham voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!