
PSJ bosh murabbiyi bilan shartnoma imzolashda muammoga duch keldi
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte klub bilan shartnomani rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch keldi. Frantsiya futbol federatsiyasi uning parijliklar bilan bitimini tasdiqlamadi, deb xabar beradi “L'Equipe”.
Bunga murabbiylik litsenziyasining muddati o‘tgani sabab bo‘lgan. “RMC Sport” nashri xabariga ko‘ra, 55 yoshli mutaxassis allaqachon Federatsiya bilan bog‘lanib, vaziyatni to‘g‘irlash muddatini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, bu uning jamoani zaxira o‘rindig‘idan boshqarishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Galte shu yozda Maurisio Pochettino o‘rniga PSJ boshqaruviga kelgan edi.
Fikrlar