PSJ Braziliya terma jamoasi oʻyinchisidan voz kechdi
Reja o‘zgarib ketdi
«Bornmut» klubi tarkibida to‘p surib kelayotgan yosh vinger Rayanning joriy transfer oynasida «Pari Sen-Jermen» safiga o‘tishi deyarli istisno etilmoqda.
Avvalroq 19 yoshli braziliyalik futbolchiga da’vogar klublar orasida aynan parijliklar tilga olingan edi. Biroq bu ma’lumot rasmiy tasdiqlanmadi.
Jurnalist Benjamen Kuare xabar berishicha, Fransiyaning yetakchi jamoalaridan biri bo‘lgan «Pari Sen-Jermen» Rayan bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti. Klub rahbariyati futbolchiga nisbatan qandaydir qiziqish borligini rad etgan.
Rayan yaqinda o‘tgan jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali yosh braziliyalik, «vishnyalar»ning asosiy umidlaridan biri bo‘lgan bu futbolchining transfer qiymatini 60 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)