PSJ "Chelsi" futbolchisi nishonga oldi
"Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandez xizmatlariga PSJ qiziqish bildirmoqda. Bu haqida "L’Equipe" nashri ma'lum qildi.
Manbada berilgan ma'lumotga koʻra, parijliklar 24 yoshli futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishga jiddiy kirishgan. Lekin hozircha transfer masalasida “Chelsi”ga hech qanday taklif joʻnatmagan. Hozirda havbek Enzo Mareskaning isteʼfosidan soʻng London klubining kelajagi haqida oʻylamoqda.
Argentinalik futbolchining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 85 million yevroga baholanmoqda.
Maʼlumot uchun, Fernandez joriy mavsum "aristokratlar" safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻyishga erishdi.
Fikrlar