PSJ: Endi bu yulduzlar kerakmas!

  • 8 may, 2022, 11:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Parij klubi rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibda jaddiy o‘zgarishlar qilishga bel bog‘lagan.

Tecno

Frantsiyalik jurnalist Adrien Grenening ma’lum qilishicha, poytaxtliklar yozda besh nafar fubolchi bilan xayrlashadi.

Manbaning ta’kidlashicha, darvozabon Keylor Navas, hujumchi Mauro Ikardi, himoyachilar Leven Kyurzava hamda Kolen Dagba, hujumkor futbolchi Anxel Di Mariya o‘ziga yangi jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.

Bu o‘yinchilar orasida faqatgina argentinalik Anxel di Mariya shartnomasi yakunlanayotgani bois, klubni erkin agent sifatida bepul tark etadi.  Klub mutasaddilari qolgan o‘yinchilarni boshqa jamoalarga o‘tkazishi talab qilinmoqda. Ularning barini parijliklar bilan yana ikki yil davom etadigan shartnomasi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!