PSJ futbolchi uchun pul to‘ladi, ammo transferdan quruq qolishi mumkin
Xarajat qilindi, lekin natija yo‘q
Frantsiyaning yetakchi klublaridan biri PSJ Portugaliyaning «Braga» jamoasi bilan yosh yarim himoyachi Mario Dorjelesning kelajakdagi transferi bo‘yicha ustuvor huquqni qo‘lga kiritdi. Bu haqida Foot Mercato nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar «Braga»ga 3,3 million yevro to‘lagan. Mazkur mablag‘ futbolchini sotib olish emas, balki uning ehtimoliy transferida PSJga birinchi navbatda taklif kiritish imkonini beradigan «ustuvor tanlash huquqi» sifatida rasmiylashtirilgan.
Klubning moliyaviy hisoboti e’lon qilinгач, ushbu kelishuv tafsilotlari oshkor bo‘ldi. Shu bilan birga, bu to‘lov Dorjeles albatta PSJga o‘tadi, degani emas. Faqatgina agar «Braga» futbolchini sotishga qaror qilsa, parijliklar boshqa da’vogarlardan oldin muzokara boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mario Dorjeles Portugaliyaga 2025 yil yozida Daniyaning «Norshellann» klubidan kelib qo‘shilgan. U «Braga» safidagi ilk mavsumida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 39 ta o‘yin o‘tkazdi, 7 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.
Avvalroq yosh yarim himoyachiga Angliyaning bir qator klublari — «Arsenal», «Chelsi», «Nyukasl» va «Brayton» tomonidan qiziqish bildirilayotganи haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar (0)