PSJ Habib bilan hamkorlikda loyiha amalga oshirmoqchi

  • 12 oktabr, 2023, 21:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Parijning PSJ klubi brendi ommalashtirish maqsadida MMA doirasida loyiha amalga oshirmoqchi. Ular loyihaga sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovni ham jalb qilmoqchi. Bu haqda La Parisen hamda Foot Mercado nashrlari xabar bermoqda.

Yangi loyihani ishga tushirishda PSJ dzyudo rahbari Jamel Bouras, engil vazn toifasi sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov va MMA menejeri Ali Abdel-Aziz ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Abdel-Aziz avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda PSJ rangidagi sakkizburchak tasvirini chop etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Habib PSJ o‘yinini tomosha qilish uchun Parijga kelgandi va dzyudo klubida ham mashg‘ulot o‘tkazgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!