
PSJ ham Jeko uchun kurashga qo‘shildi
Frantsiyaning amaldagi chempioni - PSJ klubi yozda "Roma" forvardi Edin Jekoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar 33 yoshli bosniyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishi kutilayotgan hujumchi Edinson Kavanining o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda. PSJ vakillari allaqachon bu masalada Jeko bilan bog‘lanishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jeko bilan “Inter” ham muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Jeko joriy mavsum “Roma” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar