PSJ hujumchisida koronavirus aniqlandi va u "Barsa"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
PSJ hujumichis Moyze Kinning koronavirusga qarshi topshirgan test natijalari musbat chiqdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, test natijalari tongda ma’lum bo‘lgan va shu sababli u bugun chempionat doirasida bo‘lib o‘tadigan "Bordo"ga qarshi o‘yinga bormagan. Italiyalik futbolchi qoidaga ko‘ra o‘z-o‘zini yakkalash yo‘liga o‘tgan.
Endi Kin 6 mart kuni “Brest”ga qarshi bo‘ladigan Frantsiya kubogi hamda 10 mart kuni EChL 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
21 yoshli Moyze Kin joriy mavsum PSJ safida 19 ta o‘yinda ishtirok etdi va 11 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar