PSJ hujumchisini ko‘proq qaysi chempionat qiziqtiradi?

"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Ander Errera jamoadoshi, hujumchi Edinson Kavani Ispaniyaga qaytishni rejalashtirayotgani haqida ta’kidladi.

"Kavani La Ligada o‘ynashni xohlaydi. Unga bu chempionat ko‘proq yoqadi. Oldinlari u mendan Ispaniyadagi hayot haqida so‘rab turar edi", - deydi Errera.

Eslatib o‘tamiz, yozda erkin agent maqomini oladigan Kavani joriy mavsumda PSJ libosida 14 ta o‘yinda maydonga tushib 4 ta gol kiritishni uddalagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!