PSJ Luis Enrique bilan shartnomani uzaytirmoqchi
PSJ bosh murabbiy Luis Enrique bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqida "L’Équipe" xabar berdi.
Hozirgi kelishuv 2027 yilga qadar amal qiladi. Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassis bilan yangi shartnomani 2030 yilgacha tuzishni rejalashtirmoqda.
Dastlabki muhokamalar tinch va ijobiy ruhda o‘tayotgani ta’kidlanmoqda. Shu bilan birga, PSJ rahbariyati boshqa klublarning murabbiyga qiziqishi ortib borayotganini inobatga olib, yangi bitimni mavsum yakunlangunga qadar rasmiylashtirishni istamoqda.
Luis Enrique 2023 yil yozida parijliklar boshqaruvini qabul qilgan edi. Uning rahbarligi ostida klub o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Fikrlar