
"PSJ" mavsumdagi ilk tarsakisini qabul qildi
Kecha Liga 1ning 17-turidan o‘rin olgan bahsda "PSJ" "Lans"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu parijliklarning joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyati edi. Qolaversa, Liga 1 doirasida Kristof Galte bosh murabbiyligidagi birinchi yutqaziq sifatida tarixga kirdi.
Bungacha Galte qo‘l ostidagi "PSJ" barcha musobaqalarda 19 g‘alaba va 4 durang qayd etgan.
Parijliklarning navbatdagi o‘yini Frantsiya kubogi doirasida safarda "Shatoru"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bahs 6 yanvar kuniga belgilangan.
Fikrlar