PSJ Mbappe o‘rniga tezda hujumchi topdi

  • 24.08.2021 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Parij superklubi asosiy hujumchilaridan biri Kilian Mbappening ketishiga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.

Parijliklar Kilian ketgan taqdirda uning o‘rniga “Everton” sharafini himoya qilayotgan braziliyalik Risharlisonni olib kelishni mo‘ljallayapti.

Bosh murabbiy Mauriso Pochettino 24 yoshli hujumchi Mbappening o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda.

PSJ Risharlisonni Parijga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishda uning do‘sti Neymarning yordamidan foydalanmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!