PSJ Mbappega taxminan 100 million evro to‘lashi mumkin
PSJ Kilian Mbappega to‘lashi shart bo‘lgan mablag‘ umumiy hisobda taxminan 100 million evroga etishi mumkin. Bu haqda "RMC Sport" nashriga frantsiyalik futbolchining vakillari ma’lum qildi.
Avvalroq Parij sudi klubning futbolchiga nisbatan barcha da’volarini rad etgan va parijliklarni Mbappega qariyb 61 million evro qarzdorlikni to‘lashga majburlagan edi. Ushbu summa uning "Real"ga bepul o‘tishi oldidan qolib ketgan maosh va mukofot pullari bilan bog‘liq.

Futbolchining yuristlari hisob-kitobiga ko‘ra, barcha to‘lanmagan maosh va bonuslar inobatga olinsa, klubning umumiy qarzi 100 million evrodan oshib ketishi mumkin. Shu bilan birga, soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar sabab Mbappening qo‘liga tegadigan sof summa taxminan 25–26 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe PSJdan 253 million evro talab qilgani haqida xabarlar tarqalgan, klub esa futbolchiga nisbatan moliyaviy qarshi da’volar ilgari surgan edi.
Fikrlar