
PSJ muammolar girdobida!
PSJ Frantsiya chempionati doirasida "Renn"ga (3:0) qarshi bahs olib bordi va uchrashuvda jamoaning 4 ta futbolchisi jarohat oldi.
Himoyachi Tilo Kerer va yarim himoyachi Idrissa Guyeni birinchi bo‘limdayoq zaxiraga olingan bo‘lsa, Alessandro Florentsi tanaffusda va hujumchi Moyze Kin 61-daqiqada maydonni tark etdi.
Shu tariqa, Parij klubida jarohat olgan futbolchilar soni 12 taga etdi. Bungacha, Xuan Bernat, Presnel Kimpembe, Marko Verratti, Yulian Draksler, Pablo Sarabiya, Neymar, Kilian Mbappe va Mauro Ikardi safdan chiqqan edi.
Fikrlar