
PSJ prezidenti "Bavariya"ning universal himoyachisini Parijga olib kelmoqchi
PSJ "Bavariya"dan himoyaning markazda ham, chap qanotida ham o‘ynay oladigan himoyachi Lukas Ernandesni qo‘lga kiritish urinishlaridan voz kechmayapti. Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchini PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfining shaxsan o‘zi jamoasida ko‘rishni juda xohlaydi.
Ernandesning o‘zi "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti. Parij grandi 27 yoshli mudofaa vakiliga Myunxenda oladigan maoshidan ancha yuqori maosh taklif qilmoqda. Biroq poytaxt klubi hozircha “Bavariya”ga rasmiy transfer taklifi bilan murojaat qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Ernandesning "Bavariya" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. U Myunxen klubi tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.
Fikrlar