PSJ prezidentining o‘zi shaxsan David Alaba bilan gaplashdi

  • 22.02.2021 22:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsum yakunlangach “Bavariya”dan ketishini e’lon qilgan himoyachi David Alabaning hali ham qaysi jamoaga o‘tishi noma’lum bo‘lib turibdi.

Sky Sport Deutschland nashrining ma’lum qilishicha, 28 yoshli avstriyalik futbolchini PSJ o‘z safida ko‘rmoqchi. Alaba bilan hatto klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi shaxsan ushbu masalada gaplashgan. Ammo David hali ham yakuniy qarorga kelgani yo‘q. U ko‘proq Ispaniya chempionatiga o‘tishni xohlamoqda.

Bundan avvalroq Alaba “Real”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!