Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

PSJ "Real"ning yirik transferini barbod qilmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

180 million yevro ko‘p narsani hal qiladi

Frantsiya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi hujumkor futbolchisi Maykl Olise faoliyatini yana vatanida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri xabar berishicha, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga PSJ jiddiy qiziqish bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Parij klubi vinger transferi uchun nemis jamoasiga 180 million yevro taklif qilishga tayyor. 

"Pari Sen-Jermen" Maykl Oliseni qo‘lga kiritish borasida uni kuzatib kelayotgan yana bir grand — "Real" bilan raqobat olib boradi.

O‘tgan mavsumda Olise Myunxen klubi tarkibida 52 ta o‘yinda maydonga tushdi. U 22 ta gol urdi va 31 bor hamjamoalariga golli pas berdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 150 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q