PSJ va "Arsenal"dan ideal rokirovka

  • 10 sentabr, 2020, 15:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSJ klubi maydon markaziga iste’dodli futbolchi izlamoqda. Shu sababli, ular "Arsenal" bilan ikki tomonlama transfer amalga oshirmoqchi.

"To‘pchilar" xavbeki Matteo Genduzi parijliklar nishoniga aylangan. Ular 21 yoshli futbolchini o‘tgan mavsum jamoani tark etgan Adrian Rabo pozitsiyasida o‘ynatmoqchi. O‘z navbatida, "Arsenal" ham anchadan buyon maydonga tushmayotgan Mesut O‘zil o‘rniga hujumkor yarim himoyachi izlamoqda. PSJ a’zosi Yulian Draksler aynan "kanonirlar" yopmoqchi bo‘lgan kemtikni to‘ldirishi mumkin.

Ikki futbolchi ham jamoasi tarkibida asosiy tarkib uchun kurashda imkoniyatni boy bermoqda. Rokirovka esa har ikki tomonga foydali bo‘lishi tayin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!