PSJ yana “Real”ga zarba berdi
Madridliklar yozgi transferlar mavsumi boshida o‘zlari anchadan beri kutayotgan Kilian Mbappeni qo‘lga kirita olmay qoldi.
PSJ xo‘jayinlari frantsiyalik hujumchini katta maosh va turli vakolatlar evaziga Parijda qolishga ko‘ndirdi. Bu “Real” uchun kutilmagan va qaqshatqich zarba bo‘ldi.
Yaqinda PSJ madridliklarning yana bir transferiga xalaqit qildi. La Liga chempioni “Napoli”dan Fabien Ruisni olishga yaqin turgandi. Lekin parijliklar ispan yarim himoyachisi uchun “Real”dan yaxshi taklifni berdi va tez orada Ruisning transferini e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ruis “Napoli” tarkibida jami 166 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22 ta gol va 15 ta assist rasmiylashtirgan.
Fikrlar