PSJ yana zo‘r hujumchi oladi
“Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Kristof Galte jamoa tarkibida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.
Xususan, frantsiyalik mutaxassis jamoaning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi unga kerak bo‘lmay qolganini ta’kdladi.
- Biz yangi hujumchi olamiz. Mauro Ikardiga boshqa jamoa qidiryapmiz. Kalimuendo “Renn”ga o‘tadi. Tajribali darvozabon Keylor Navasning qarorini hurmat qilamiz. U ikkinchi raqamli posbon bo‘lishga ko‘nmadi. Bu tabiiy hol, albatta. Bilishicha, uning xizmatiga qiziqayotgan klublar chiqyapti, - dedi Kristof Galte.
PSJning hozirgi hujum chizig‘i dunyoning eng kuchli futbolchilaridan iborat. Ikardi va Kalimuendoning ketishini inobatga olsak, asosiy tarkibga kirish uchun Neymar, Lionel Messi, Kilian Mbappe Pablo Sarabiya, Kenni Najera va yangi olingan Ugo Ekitike kurashadi.
Fikrlar