PSJ yulduzidan voz kechdi

  • 12.08.2022 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Pari Sen-Jermen” rahbariyati argentinalik hujumchi Mauro Ikardidan imkon qadar tezroq qutilmoqchi, deb xabar tarqatdi L'Equipe nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, futbolchining klub mutasaddilari bilan munosabati jiddiy buzilgan. Endi parijliklar yangi mavsumda bu o‘yinchiga umuman ishonch bildirmoqchi emas.

Ikardiga boshqa jamoalardan taklif bo‘lmayapti. A Seriya debyutanti argentinalik yulduzni bir mavsum ijaraga olishga ko‘ngandi. Lekin italiyaliklar Mauro maoshining katta qismini parijliklar to‘lashini talab qildi.

Ikardining amaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi. Uning transferi 22 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!