PSJ zudlik bilan Manjukichni sotib olmoqchi

  • 28 avgust, 2019, 11:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi Kilian Mbappe va Edinson Kavanilar jarohat olganidan so‘ng, qolaversa, Neymarning jamoadan ketishi tobora oydinlashayotgan bir pallada o‘ziga zudlik bilan yangi hujumchi qidirishni boshlab yubordi.

Italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklarnirng bu boradagi e’tibori "Yuventus" forvardi Mario Manjukichga tushdi. Shu bois ular xorvatiyalik hujumchini imkon qadar tezroq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Manjukich o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning tranferi esa 18 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!