Puch yangi murabbiy haqida nimalar dedi?

  • 20 yanvar, 2020, 16:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Riki Puch "Granada" (1:0) ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

Sizga Valverdedan ko‘ra, ko‘proq Seten yoqadimi?

"Agar futbol o‘ynalsa, men doim xursand bo‘laman. Setenga o‘ynash yoqadi va biz mamnunmiz.

U menga erkin o‘ynashni, to‘pni yo‘qotmaslikni va kuchli pressing uyushtirishimni aytdi."

Sizning harakatingizdan so‘ng, gol urildi.

"To‘pni olib qo‘yganimdan keyin, boshqa muhim elementlar ham sodir bo‘ldi. Masalan, Vidal ajoyib harakat qildi. Jamoamiz yagona! Biz g‘alabaga haqli edik. Biz mamnunmiz, g‘alaba bizga kuch bag‘ishlaydi.

Asosiy jamoada qolamanmi? Men odatiy tarzda har yilgidek mashg‘ulotlarda shug‘ullanaman. Agar menga "Barselona B" klubiga qaytishimni aytishsa, men buni bajaraman va bungacha qanday o‘ynagan bo‘lsam, shunday davom etaman," - dedi Puch.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!