
Pyontek: "Ronaldu va Shevchenko bilan birga o‘ynash orzuim"
Polsha termasi va "Milan" klubi xujumchisi Kshishtof Pyontek xujum chizig‘ida birgalikda o‘ynashni orzu qilgan forvardlarini aytib o‘tdi.
"Krishtianu Ronaldu va Andrey Shevchenko. Kim o‘ylapti deysiz, "A" seriyada Ronaldudan ko‘p gol urishimni. Ammo men barqarorlikni istayman. Mening maqsadim, eng yaxshi to‘purar bo‘lish. Maqsadimga erishish uchun barchasiga tayyorman," - Pyontek.
24 yoshli futbolchi 2019 yilning yanvar oyida "Milan"ga o‘tgan.
So‘nggi mavsum, "A" seriyada 37 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 2 bor assistentlik vazifasini bajardi.
Ma’lumot uchun, futbolchi yangi mavsumda, "Milan" jamoasida boshqa raqam ostida to‘p suradi. Bungacha 19-raqamli libosda o‘ynab kelgandi.
Manba:La Gazzetta dello Sport
Fikrlar