Qashqadaryo klubini "O‘zbekneftgaz" "qo‘yib yubordi". Endi uni bank moliyalashtiradi!

"O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasining "O‘zbekneftgazqazibchiqarish" aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi "Muborak gazni qayta ishlash zavodi" endilikda Muborakning "Mash’al" klubini moliyalashtirmaydi. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, jamoaning yangi homiysi O‘zbekiston milliy banki (NBU) bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, "Mash’al" ayni payt Pro liga 11-turidan so‘ng 17 ochko bilan 3-pog‘onani band etib turibdi. "Gazchilar" oxirgi o‘yinda "Xorazm"ni kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!