Qimorga pul tikkan futbolchilar nomi oshkor qilindi
Taniqli jurnalist Fabritsio Korona futbol uchrashuvlariga pul tikib, qonunga zid xatti-harakat qilgan italiyalik futbolchilar nomini oshkor qildi.
Ro‘yxatga Nikolo Fadjoli, Federiko Gatti (“Yuventus”), Nikolo Dzanolo (“Aston Vill”), Sandro Tonali (“Nyukasl”), Alessandro Florentsi (“Milan”), Nikola Zalevski, Janluka Manchini, Feliks Ofena-Gyan (“Roma”), Mattia Dzakkani, Manuel Latstsari, Nikolo Rovella, Luka Pellegrini (“Latsio”), Domeniko Berardi (“Sassuolo”), Nikolo Barella, Davide Frattezi (“Inter”), Luka Dzanimachcha (“Kremoneze”) va Antonio Gallo (“Lechche”) nomlari kiritilgan.
Italiyadagi qonunchilikka ko‘ra, sportchilar o‘zlari shug‘ullanayotgan sport turlaridagi o‘yinlarga pul tikishi taqiqlanadi.
Bu kabi qoidabuzarliklar sportdan kamida uch yilga chetlatish va ayrim hollarda jarima qo‘llash bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.
Fikrlar