
Qishda "Barselona" futbolchisi "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Karles Alenya qishki transferlar oynasi chog‘ida "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, "shporlar" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Barselona" yarim himoyachisi diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Kristian Eriksenni o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.
21 yoshli futbolchining xizmatlariga Pochettino ancha vaqtdan buyon qiziqib keladi. "Tottenxem" 2017 yili ham uni xarid qilishga urinib ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, Alenya La Liganing joriy mavsumida 1 marotaba maydonga tushdi.
Fikrlar