Qishda MYu ga o‘tishi mumkin bo‘lgan 3 ta hujumchi bor

  • 03.10.2019 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati qishki transferlar davrida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "qizil iblislar"ning bu boradagi short-listida 3 nafar futbolchi - Usmon Dembele ("Barselona"), Mussa Dembele ("Lion") va Timo Verner ("RB Leyptsig") bor. Aynan ulardan biri davralar oralig‘ida MYu ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ayni damda transfer bozorida U. Dembele 100 million, M. Dembele 30 million, Verner esa 65 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Alisher ...
03/10/2019 14:31
U.DEMBELE MOSROQ RESHFORD MARTIAL DEMBELE