"Qizilqum" fevral oyida Turkiyada yig‘in o‘tkazadi

  • 28 dekabr, 2023, 10:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qizilqum" yangi mavsumga tayorgarlikning birinchi bosqichini yakunladi.

"Xabaringiz bor 22 dekabrdan Jamshid Saidov boshchiligidagi jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan edi. Kecha vakillarimiz o‘zaro ikkiga bo‘lingan holda nazorat uchrashuvini o‘tkazib, mashg‘ulotlarni yakunlashdi.

Jamoamiz vakillari qisqa tanaffusdan so‘ng 4 yanvar kunidan yana Navoiyda yig‘ilishadi va tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini 17 yanvar kunigacha viloyat markazida olib boradi.

Futbolchilarimiz 17-31 yanvar kunlari o‘quv mashg‘ulot yig‘inini poytaxtimiz Toshkentda davom ettirishadi. 

O‘quv mashg‘ulot yig‘inining so‘nggi bosqichini jamoamiz fevral oyida Turkiyada o‘tkazadi", - deb yozadi Navoiy klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!