"Qizilqum" ikki futbolchisi bilan xayrlashdi

  • 06.01.2026 18:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Roman Papariga va Davron Anvarov "Qizilqum"ni tark etdi. Bu xabarni navoiyliklar matbuoti tasdiqladi. 

"Yakunlangan mavsumda jamoamiz tarkibida to‘p surgan ukrainalik hujumchi Roman Papariga hamda yarim himoyachi Davron Anvarovlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yakunlangani bois ular faoliyatini boshqa jamoalarda davom ettirishadi. Ularning keyingi faoliyatlarida omad tilab qolamiz. Barchasi uchun rahmat!", - deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, "Qizilqum" o‘tgan mavsumni 9-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!