"Qizilqum" Samandar Shukrullaev bilan shartnomani uzaytirdi

  • 22.12.2025 11:10
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Qizilqum" futbolchi Samandar Shukrullaev bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

"O‘tgan mavsum jamoa tarkibida munosib o‘yin ko‘rsatib, navoiylik muxlislar ishonchini qozongan futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirish jarayoni davom etmoqda.

Bugun sirdaryolik markaziy himoyachi Samandar Shukrullaev bilan amaldagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. Eslatib o‘tamiz, Samandar yakunlangan mavsumda klub libosida jami 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 231 daqiqa harakat qilgan.

Yangi mavsumda Samandarga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarli onlarni tilab qolamiz!" — deyiladi navoiyliklar xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!