
"Qizilqum" uch nafar yangi legioner bilan kelishuvga erishdi
Navoiyning “Qizilqum” jamoasi kuni kecha Turkiya yig‘inini yakunlab qaytib keldi.
Saytimiz orqali yaqinda xabar berganimizdek, xorij yig‘ini davomida klub safiga yangi legionerlar qo‘shilgandi.
Jumladan, argentinalik yarim himoyachi Gonsalo Ritakko, estoniyalik yarim himoyachi Artyom Dmitriev hamda nigeriyalik hujumchi Paul Komolafe mashg‘ulotlar hamda nazorat o‘yinlarida qatnashishdi. Ungacha esa serbiyalik yarim himoyachi Aleksandar Stanislavlevich “Qizilqum” bilan shartnoma imzolashga ulgurgandi.
Klub bosh direktori Hamidjon Aktamovning Sports.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, Dmitriev, Ritakko hamda Komolafe bilan ham bir yillik shartnomalarga imzo chekilgan.
Fikrlar