Qizlar regbini qanday o‘ynarkan?

CHERY AUTO

Toshkent shahridagi engil atletika va o‘yin sportiga ixtisoslashtirilgan sport maktabi stadionida regbi-7 bo‘yicha U15 qizlar o‘rtasida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan an’anaviy respublika turniri bo‘lib o‘tdi.

Tecno

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur respublika turnirida barcha hududlardan jamoalar ishtirok etdi. 

Qiziqarli kechgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, 1-o‘rin – Namangan, 2-o‘rin – Toshkent va 3-o‘rin Xorazm viloyati jamoalariga nasib etdi. 

G‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!