Qo‘l janggi sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final bahslariga start berildi

  • 11.02.2026 01:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Shu kunlarda poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida mamlakat birinchiligi o‘tkazilmoqda. Bugun mazkur musobaqaning ochilish marosimida final janglariga start berildi.

Tadbirda O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik Bahodir Tashmatov, Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi.

Marosimda so‘zga chiqqan rasmiylar sportchilarga va tadbirga tashrif buyurgan qo‘l jangi ixlosmandlariga samimiy tilaklarini bildirishdi.

Bugungi final janglarida g‘olib bo‘lgan sportchilar tadbir so‘ngida munosib taqdirlandilar. Musobaqa 12-fevralga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!