
"Qo‘qon-1912" - "Metallurg": O‘yin taqdirini birgina gol hal etdi
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Metallurg" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yin taqdirini hal etgan yagona gol asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqada Salamat Qutiboev tomonidan kiritildi. Jarima maydoni ichidan zarba yo‘llagan futbolchining urinishini darvozabon qaytara olmadi.
Shu tariqa, bekobodliklar ochkolari sonini 9 taga etkazib oldi. Qo‘qonliklarda ham xuddi shuncha ochko mavjud.
Fikrlar