“Qo‘qon-1912” futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
“Qo‘qon-1912” Bekjon Jo‘raboev bilan 1 yilga shartnomani uzaytirdi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Qo‘qonliklar o‘zining yarim himoyachisi hisoblangan Bekjon bilan shartnomasini yana 1 yilga uzaytirmoqda. O‘tgan mavsumda kelib qo‘shilgan havbek o‘zining chiroyli o‘yinlari bilan muxlislar va mutaxassislarning e’tiboriga tushgan. Shu sababli, klub mutasaddilar yosh va iqtidorli futbolchi bilan yangi 1 yillik kelishuvga erishdi.
Ma’lumot o‘rnida, 20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum 30 ta bellashuvda ishtirok etib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar