"Qo‘qon-1912" ikki futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 18.12.2025 12:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Qo‘qon-1912" jamoasi Muhammadanas Hasanov va Iqbol Malikjonov bilan kelishuvni uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Jamoamiz yangi mavsum oldidan o‘tgan mavsumning asosiy futbolchilari bilan shartnomalarni uzaytirishda davom etmoqda.

O‘tkan mavsum "Qo‘qon-1912" jamoasining etakchilaridan bo‘lgan Muhammadanas Hasanov va Iqbol Malikjonov bilan shartnoma yana ikki yilga uzaytirildi. 

Ma’lumot uchun, Hasanov o‘tkan mavsum jamoamiz safida Superliga bahslarid 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 4 ta assist bor.

Jamoamiz sardori Iqbol Malikjonov esa o‘tkan mavsum Superligada 26 ta bahsda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.

Har ikki futbolchimizga yangi mavsumda omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!