
"Qo‘qon-1912" legioner futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Yangi mavsumga o‘z oldida Superliga yo‘llanmasini qo‘ygan «Qo‘qon-1912» jamoasi navbatdagi futbolchi bilan kelishuvga erishdi.
O‘tgan mavsum Pro liga to‘purarlaridan biri bo‘lgan Sergey Petrov yangi mavsumni «Qo‘qon-1912» jamoasida boshlaydi. "Qo‘qon-1912" matbuot xizmatining xabar berishicha, ukrainalik hujumchi bilan 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Sergey Petrov
Tug‘ilgan sanasi: 21.05.1997. Ukraina
Ampulasi: Markaziy hujumchi
Ma’lumot uchun, Petrov o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.
Fikrlar