"Qo‘qon-1912" tayyorgarlikni boshladi, ikki etakchi tarkibga qaytdi
"Qo‘qon-1912" jamoasi navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari O‘zbekiston kubogi doirasidaga navbatdagi uchrashuvni Oltiariqning "Do‘stlik" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu o‘yin15 aprel kuniga belgilangan.
"Shunqorlar" kechadan boshlab mazkur uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Jamoa a’zolari Qo‘qon shahridagi qarorgohlariga yig‘ilishgan hamda "markaziy" stadionida o‘z mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Kechagi mashg‘ulotlarga jamoa etakchilari Murod Xolmuhammedov hamda Javohir Sidiqovlar ham etib kelgan. y. Jamoaning qolgan barcha futbolchilari sog‘-salomat va navbatdagi bahsga qizg‘in tarzda tayyorlanmoqda.
Qo‘qon-1912 matbuot xizmati



Fikrlar