Qozog‘iston Osiyo o‘yinlari-2026 medallar jadvalidа uchlikka kirdi
Qozog‘iston yozgi Osiyo o‘yinlari-2026 da 6 oltin, 1 kumush, 5 bronza bilan medallar jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Yaponiyaда oʻtayotgan yozgi Osiyo oʻyinlari-2026da medallar umumiy hisobida Qozogʻiston vaqtincha uchlik yetakchilar qatoriga kirdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Qozogʻiston sportchilari hozirgacha olti oltin, bir kumush va besh bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shu natija orqali jamoa medallar jadvalida toʻrtinchi oʻrindan uchinchi pogʻonaga koʻtarildi. Hozircha faqat Xitoy va musobaqa mezbonlari — Yaponiya terma jamoalari Qozogʻistondan oldinda bormoqda.
Xitoy sportchilari mutlaq yetakchilikni saqlab turibdi: ular hisobida 29 ta oltin, 12 ta kumush va yetti ta bronza medali bor. Yaponiya terma jamoasi esa uch kun ichida toʻqqizta oltin, 14 ta kumush va 15 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan. Toʻrtinchi oʻrinni Janubiy Koreya egallab turibdi (5-4-15).
Musobaqa 4 oktabrga qadar davom etadi.

Izohlar (0)