Qozog‘iston Prezidentining Toshkentga tashrifi sabab "Lokomotiv" - AGMK bahsi TTYMI stadionida o‘tadi

  • 12 aprel, 2019, 18:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

14 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan bahs aslida “Lokomotiv” stadionida soat 18:20da boshlanishi lozim edi, biroq shu kuni Qozog‘iston respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qaev yurtimizga tashrif buyurishi hamda TTZ dahasidagi “Ko‘ksaroy”da tadbir o‘tkazilishi tufayli barcha asosiy yo‘llar yopiladi va hududda boshqa hech qanday tadbir o‘tkazilishiga ruxsat berilmaydi. Bu haqda "Lokomotiv" rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Shu bois “Lokomotiv” PFK o‘yinni jamoamizning ikkinchi stadioni TTYMI o‘yingohida o‘tkazishini PFLga ma’lum qildi. Natijada 14 aprel kuni bo‘ladigan “Lokomotiv” – AGMK bellashuvi TTYMI stadioniga ko‘chirildi va boshlanish vaqti 16:30ga belgilab qo‘yildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!