Qozog‘iston UEFAga a’zo bo‘lganidan afsusdami?

  • 6 dekabr, 2022, 12:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Professional futbol ligasi prezidenti Roxus Shox Rossiya futbol ittifoqining Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga o‘tishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Sizningcha, Rossiyaning Osiyo futboliga o‘tishi amalga oshishi mumkin bo‘lgan voqeami?

- Men Qozog‘istondan turib hamkasblarimga maslahat bermoqchi emasman, lekin aniq bilaman: XXI asr boshida Qozog‘iston UEFA shafeligida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi va bu mutlaqo to‘g‘ri qaror edi. Bundan hech kim afsuslanmadi. Milliy futbol albatta oldinga qadam tashladi, Evropa futbolida taraqqiyot yanada sifatli. Shundan o‘zingiz xulosa chiqarishingiz mumkin.

Aytgancha, Qozog‘istonda hamon Koloskovning UEFAga o‘tishi masalasini hal qilishda yordam bergani uchun Koloskovga minnatdorchilik bildirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Roxus Shox Qozog‘iston Professional futbol ligasida ish boshlagunga qadar Rossiya futbol ittifoqida faoliyat yuritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!