Qozog‘istonlik jurnalist Isroil Madrimov-Terens Krouford jangida sensatsiya bo‘lishi mumkinligini aytdi!

  • 11 iyul, 2024, 21:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Qozog‘istonlik taniqli sport jurnalisti va sharhlovchi, hozirda Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Sportni rivojlantirish boshqarmasi matbuot xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan Ayan Tolegendan Isroil Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangdagi imkoniyati haqida fikrlari bilan qiziqdik.
 
Keling men vaziyatni qanday tasavvur qilayotganligim borasida qisqacha to‘xtalib o‘taman. Bilamizki, Madrimov bu vazn toifasi uchun juda zo‘r. Menimcha Isroil Madrimov jangni shiddatli boshlaydi. Sof o‘zbek boks maktabiga xos tarzda. Shuningdek, u havaskor yo‘nalishda anchagina tajriba to‘plagan va Osiyo chempioni bo‘lgan. U Koufordni 1-raundlardayoq nokautga uchratishga harakat qiladi. Nokaut qila olmagan taqdirda ham dastlabki raundlarda jiddiy bosim uyushtiradi. Balki o‘xshab qolar, ya’ni yon tomondan yo‘llaydigan zarbasi bilan uni tutib olib, sensatsiyani amalga oshirishi mumkin. Krouford ham xozir Madrimovni o‘rganayotganligi aniq.

Terens  Madrimov bilan yaqin masofada jang qilish xavfli ekanligini biladi. U jangni shiddatini o‘ldirishga, tempni tushurishga harakat qiladi. Agar, Madrimov jangning birinchi yarmida nimagadir erisha olmasa, ikkinchi qismida unga qiyin bo‘lishi mumkin. Chunki, Terens o‘zining chempionga xos xislatini va tajribasini ko‘rsatadi. Uning oyoq harakatlari va qo‘llarining uzunligi  ko‘proq foyda berishi mumkin. Demoqchimanki, ochkolar hisobida g‘alaba qozonish imkoniyati Kroufordda ko‘proq. Albatta, ushbu jangda Madrimovga omad tilayman. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
fcnasafuz
11/07/2024 22:06
Тўғри айтилган
Alijon Bolbekov
12/07/2024 09:49
Fikringizga qo'shilaman