
Qudratillo Abduqahhorov AQShga etib bora olmasa, Lipinetsning "B" rejasi qanday bo‘ladi?
Qudratillo Abduqahhorov 10 oktyabr kuni AQShning Ankasvill shtatida IBFning muvaqqat chempionlik kamari uchun rossiyalik Sergey Lipinetsga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim.
Biroq, Abduqahhorovda viza muammosi yuzaga kelmoqda. Agar, jang kechasiga qadar bu muammo hal bo‘lmasa va hamyurtimiz okean ortiga etib bora olmasa, unda rossiyalik charmqo‘lqop ustasi boshqa raqib bilan to‘qnash keladi. Lekin jang yuqorida ta’kidlab o‘tilgan titul uchun bo‘lmaydi. Buning uchun Lipinets faqatgina Abduqahhorov bilan jang qilishi kerak.
Xullas, yurtdoshimizning o‘rnini to‘ldirish uchun Kustio Klayton va Kris van Xerdeen nomzodlari ko‘zda tutilmoqda. Bokschimiz viza masalasini hal qilishga ulgurmasa, Lipinets yuqoridagi ikki bokschidan biri bilan jang qiladi.
Voqelar rivoji qanday ko‘rinish oladi, buni tez orada bilib olamiz.
Fikrlar