Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum

  • 21.06.2024 02:40
  • 0
  • Boks

Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi haqidagi tafsilotlar ma’lum. 

Unga ko‘ra, hamyurtimiz 29 iyun kuni Kirov shahrida tashkil etiladigan IBA chempiondar oqshomida rossiyalik Pavel Sosulinga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda tashkilotchilarning o‘zi ma’lum qildi.

Ikki bokschining o‘za jangi 71 kg vazn toifasida va 8 raund bo‘lib o‘tadi.

Rossiyalik bokschi professional boksda 7 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Qudratillo esa 20 ta g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!