Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Quvonchbek Tayg‘anboev: "O‘zi kichik bo‘lsa ham yuragi katta bokschi bo‘lgan!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U zamondosh bokschilari orasida o‘z tanlovini ma’lum qildi.

"Jang" ruknining navbatdagi ishtirokchisi havaskor hamda professional boksda ajoyib natijalar qayd etgan, samimiy inson Quvonchbek Tayg‘anboev bo‘ldi. U hafta "qahramon"lari Arturo Gatti va Oskar de la Xoyya o‘rtasida o‘z tanlovini ma’lum qildi. 

- Ular bilan zamondosh bokschi bo‘lganman. Eng ahamiyatlisi Arturo Gatti bilan  Ruslan Chagaev ikkimiz 1997 yil AQShda bitta zalda birga mashg‘ulot olib borganmiz. Juda zo‘r yigit edi. Haqiqiy jangchi edi. O‘zi kichik bo‘lsa, ham yuragi katta bokschi bo‘lgan. Biz bilan ham juda iliq munosabatda bo‘lgan. Odam ajratmasdi. Bokschi, texnar sifatida Oskar de la Xoyya ustun. U Gattini ham mag‘lub etgan. Biroq, men Gattini tanlayman. U haqiqiy tank bo‘lgan. Zarbadan qo‘rqmagan. Ishonasizmi, professional boks olamida de la Xoyyaga nisbatan Gattini muxlislari ko‘p bo‘lgan o‘sha vaqtlar... Har holda menga shunday tuyulgan. Meningn tanlovim Arturo Gatti!

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q